Katalogga qaytish
Asosiy sahifa / Katalog / Chingiz Axmarovning sehrli olami

Chingiz Axmarovning sehrli olami

O'ram ko'rinishi
O'ram ko'rinishi

Miqdori, dona
Chingiz Axmarov nafaqat rassomchilik asarlarini, balki miniatyuralarni ham yaratgan. Qand jamoasi miniatyura rassomi Saida Jalilova bilan hamkorlikda uning ijodiga boshqa bir nigoh bilan — Buxoro miniatyura san’ati prizmasi orqali — qaradi. O‘z miniatyuramizda biz Chingiz Axmarovning bir nechta mashhur asarlarini ramziy tarzda birlashtirishga qaror qildik: triptix “Raqqosa go‘zallar”, “Ona va bola”, “Farhod va Shirin”, “Ko‘zgudagi qiz”. Shuningdek, ushbu kompozitsiyaga san’atkorning o‘z portretini ham qo‘shishni istadik — u navbatdagi asari ustida ishlayotgan paytda tasvirlangan. Uning qo‘lidagi tuvalda u yaratgan dunyoning siluetlari aks etgan. Ushbu kollektsion qutilar 12 va 35 ta shokoladli konfet sig‘imidagi formatlarda chiqarilgan. Mazkur badiiy obraz Qand jamoasining talqini bo‘lib, Chingiz Axmarov asarlarining muallifligiga yoki original huquqlariga da’vo qilmaydi.

Mahsulot haqida savol bering

Tavsiyalar

Boshqa ta'mlarni tatib ko'ring