Margilan

5 900 000 UZS
O'ram ko'rinishi
O'ram ko'rinishi

qora/ Ruby/ sutli shokolad, bodom, behi, anor

Miqdori, dona
Umumiy narx:5 900 000 UZS
FW 24 doirasidagi Margilan to'plami sakkizinchi avloddagi ikat eskizlari ustasi Turg‘unboy Mirzaahmedovning hikoyasidan ilhomlanib yaratilgan. 60-yillarda qo‘lda to‘qish taqiqlandi, ammo shunga qaramay, Turg‘unboy yashirincha o‘ziga xos naqshlar yaratdi, ajdodlar san’atini saqlab qolishga harakat qildi, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ydi va 1982-yilda buning uchun sudlandi. Ozodlikka chiqqandan so‘ng, faqat uzoq vaqt o‘tgach, uning iste’dodi yana talabga sazovor bo‘ldi. U tirikligidayoq vaqti kelib, ikat urf bo‘ladi, degan edi. Shunday bo‘ldi ham: uning naqshlari ipaklarda qayta jonlandi, ikat Dior, Gucci, Oscar de la Renta to‘plamlarida porladi, uning eskizlari esa bizni ushbu to‘plamni yaratishga ilhomlantirdi. Turg‘unboy nafaqat merosni saqlab qoldi, balki unga yangi hayot baxsh etdi. Biz bu haqda san’atshunos olim Binafsha Nodirning kitobidan bilib oldik. Uni varaqlar ekanmiz, 60-yillardagi milliy matolarning ajoyib eskizlariga duch keldik. Bu rasmlarning go‘zalligi bizni shu qadar hayratga soldiki, darhol bu san’atning sarchashmalariga - Marg‘ilon shahriga sayohat qilishga qaror qildik. Qutilar 35 va 36 ta konfet hajmida chiqarilgan.

Mahsulot haqida savol bering

Tavsiyalar

Boshqa ta'mlarni tatib ko'ring