Yangiliklar / Jennifer Lopez uchun maxsus sovg'a
08.08.2025

Jennifer Lopez uchun maxsus sovg'a

Ushbu kompozitsiya — Jennifer Lopez yo‘liga bo‘lgan hurmatimiz ifodasidir. Qand jamoasi uch oy davomida ushbu loyiha ustida ishlashdi, uning orzulari, yutuqlari, sevgisi va kuchini aks ettiruvchi obrazlarini jamlab, uni millionlab insonlar uchun ilhom manbai qiladigan barcha jihatlarini birlashtirishga intilishdi✨

Birinchi quti uning yo‘lining boshlanishini, ikkinchisi — yulduzli debyutini, uchinchisi — oilaga bo‘lgan muhabbatini, to‘rtinchisi esa — uning madaniy ikona sifatidagi maqomini aks ettiradi. Kompozitsiyaning markaziy elementi — Jenniferning afsonaviy yashil Versace libosidagi (2020) chiqishini tasvirlagan dekorativ likopcha🌟

Ushbu qutining eng o‘ziga xos jihati — likop ko’tarilganda uning mashhur “Get Right” qo‘shig‘i yangraydi 🎼

Alohida minnatdorchilikimizni Hilton ma’muriyatiga ishonchi uchun, shuningdek, qutining ichki mazmunini yaratishda ishtirok etgan hamkorimiz Natalia Yalishevaga va, albatta, g‘oyani hayotga tatbiq etishda yordam bergan Vasakagroup ga bildiramiz 🙏🏻